Ilon Mask o‘rnini Jeff Bezosga bo‘shatib berdi

Olam

image

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Forbes'ning dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Uning boyligi bir kunda 13,5 milliard dollarga kamayib, 176,2 milliard dollarni tashkil etgan. 

Mask yetakchilik mavqeini Amazon rahbari Jeff Bezosga boy bergan, Bezosning kapitali 182,1 milliard dollarga baholangan.

Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyasi Prezidenti Bernar Arno 154,6 milliard dollarlik boyligi bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

To‘rtinchi o‘rindan Microsoft asoschisi Bill Geyts 121,4 milliard dollarlik boyligi bilan joy olgan.

Kuchli beshlikni Facebook rahbari Mark Sukerberg 94 milliard dollarlik boyligi bilan yakunlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, Ilon Mask Bloomberg agentligi tomonidan hisoblangan Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingida hali ham birinchi o‘rinda. 

BBI Maskning boyligini 194 milliard dollarga baholagan. BBI reytingining ikkinchi o‘rnidan boyligi 183 milliard dollarga baholangan Jeff Bezos joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mask Bezos

Baholaganlar

677

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing