Ilon Mask uchun g‘ayrioddiy haykal yasaldi (foto)

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Tesla’ning shtab kvartirasiga yetkazilgan Ilon Maskning boshi ifodalangan haykal tadbirkorning e’tiborini jalb qila olmadi. Tadbirkorning “boshi” haykalda raketa minib ketayotgan echki tanasiga o‘rnatilgan. Bu haqda “Business Insider” nashri xabar berdi.

Ushbu ulkan haykalning og‘irligi 5443 kilogrammni tashkil qilsa, uzunligi deyarli 10 metrgacha yetadi.

Qayd etilishicha, o‘zini Ilon Maskning ishqibozi deb e’lon qilgan Eshli Sansalone, Alek Vulvert va Richi Latimer boshchiligidagi ishqibozlar jamoasi haykalning yaratilishida tashabbuskor bo‘lgan. Ular bu ishlari orqali Ilon Maskning e’tiborini jalb qilib, o‘zlarining GOAT Token kriptovalyutasini rivojlantirishni xohlagan. Biroq ushbu g‘oya ish bermagan. Ilon Mask hanuz ushbu haykal haqida so‘z ochmagan.

“The Wall Street Journal” nashrining yozishicha, haykalning bosh qismi kanadalik haykaltarosh Kevin Stoun tomonidan yasalgan. Stoun Ilon Maskning boshini yasash uchun olti oy vaqt sarflagan. Haykalning qolgan qisimlari Arizona shtatining Feniks shahrida bunyod etilgan.

Avvalroq Ilon Mask Florida gubernatori Ron DeSantis 2024 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, uni qo‘llab-quvvatlashini Twitter’dagi sahifasida yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

431

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing