Ilon Mask Twitter’dan bosh olib ketadi(mi?)

Olam

image

Ilon Mask Twitter bosh direktorligidan ketishini ma’lum qildi. Bu haqda u Twitter sahifasida post qoldirdi.

Biznesmenning aytishicha, u o‘z o‘rniga yangi odam topgan. Ammo uning kimligini oshkor qilmadi. Twitter’ning yangi boshlig‘i 6 haftadan keyin ish boshlaydi.

“X/Twitter uchun yangi bosh direktorni yollaganimni e’lon qilishdan xursandman. U 6 hafta ichida ishga kirishadi. Mening rolim ijrochi direktor va texnik direktor bo‘lishga, mahsulot, dasturiy ta’minot va tizimlarni nazorat qilishga o‘tadi”, deydi Mask.

Ma’lumot uchun, Ilon Mask o‘tgan yilning dekabr oyida kompaniya rahbari lavozimidan ketishi kerakligi to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazgan edi. So‘ngra u biror “ahmoq” topilgach, Twitter’dan ketishini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning oktyabr oyida amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yakunlab, ijtimoiy tarmoq rahbariga aylangan edi.

Maskning Twitter boshqaruviga kelishi kompaniyada bir nechta tartibsizlikni keltirib chiqardi. U ijtimoiy tarmoqni xarid qilishi bilan top-menejerlarni ishdan bo‘shatdi va o‘rniga boshqalarni tayinladi. Bundan tashqari, kompaniya ishchilari 50 foizga qisqartirildi.

Shuningdek, Ilon Mask Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi hisobini qayta tikladi. Trampning hisobini tiklash Mask Twitter’ning siyosatini keskin o‘zgartirganini anglatadi.

Albatta, Maskning harakatlari Twitter’da reklama beruvchilarda ham xavotir uyg‘otdi. Biroq Amazon va Apple’ning Twitter’da reklama berishni davom ettirish qarori mutlaq yutuq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing