Ilon Mask sababli bitkoin narxi tushib ketdi
Olam
−
17 may 2021
5278So‘nggi uch oy ichida birinchi marta bitkoinning qiymati 45 ming dollardan pastga tushib ketdi. Bu Tesla asoschisi Ilon Maskning bayonotlari fonida yuz berdi, deb yozgan “Bloomberg”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask Tesla 1,5 milliard dollarlik kriptoaktivlarni sotishga tayyorlanayotgani yoki sotgani haqida gapirgan.
Maskdan Tesla kriptovalyutalardan xalos bo‘lgani haqida so‘rab yozishgan.
“Haqiqatan ham”, deb javob bergan Mask savolga javoban.
Biroz vaqt o‘tib esa Mask Tesla ilgari sotib olingan bitkoinlarni sotmaganini yozib qoldirgan.
“Mish-mishlarni bekor qilish uchun Tesla bitkoinlarni sotmadi”, deb yozgan tadbirkor.
Biroq, shundan so‘ng bitkoining narxi pasayib ketgan va u hozirda 44 800 dollarga teng.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyida Tesla elektr transport vositalarini bitkoinlarga sotish boshlanganini e’lon qilgandi.
Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi