Ilon Mask Ramzan Qodirovga Cybertruck bermaganini aytdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask bugun, 19 avgust kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga Cybertruck elektromobilini bermaganini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

 “Siz haqiqatan ham rossiyalik generalga Cybertruck sovg‘a qildim deb o‘ylaydigan darajada aqldan ozganmisiz? Bu ajoyib. Siz eskirgan ommaviy axborot vositalarining yolg‘on gapirishiga yana bir misolsiz”, deb yozdi Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida New York Times” jurnalisti Set Abramsonning postiga izoh berib.

Abramson o‘sha postda Mask “Amerikaning sanksiyalangan dushmanlarini harbiy xizmatga tayyor mashinalar bilan ta’minlayotgani”ni aytgandi.

X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari bu ham Tesla elektromobil kompaniyasi qoidalarini buzayotganini payqab, Cybertruck harbiy avtomobil emasligini ta’kidladi.

17 avgust kuni Qodirov o‘zining Telegram-kanalida tomiga avtomat o‘rnatilgan Cybertruck’da Grozniy bo‘ylab harakatlanayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Qodirovning yozishicha, u “elektrokarni hurmatli Ilon Maskdan olgan”. 

“Cybertruck tez orada Shimoliy harbiy okrug zonasiga yuboriladi va askarlarimiz uchun juda ko‘p foyda keltiradi”, degan Checheniston rahbari.

Videoda u Maskni Grozniyga taklif qilgan va uni “eng aziz mehmon” sifatida qabul qilishga va’da bergan. Tadbirkor hozircha bu taklifga javob bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston Ilon Mask Cybertruck

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing