Kurs UZS

USD

12 913.19

4

EUR

13 908.80

-26.67

RUB

154.17

0.87

Ilon Mask Optimus robotlaridan armiya tuzmoqchi

Texnologiya

image

Tesla kompaniyasining bosh direktori va milliarder Ilon Mask yil oxirigacha 5 mingta Optimus robotlari ishlab chiqarilishini va ulardan iborat armiya tuzilishini e’lon qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi jonli efiri chog‘ida so‘z ochdi.

Tesla’ning choraklik natijalariga bag‘ishlangan taqdimotda Mask agar kompaniya rejalashtirilgan 10 ming nusxaning yarmini amalga oshira olsa, buni katta yutuq deb bilishini ta’kidlagan. Shuningdek, u 5 mingta robot – turli davrlarda 2 mingdan 10 minggacha jangchidan iborat bo‘lgan Rim legioniga teng kelishini qo‘shimcha qilgan.

“O‘ylaymanki, biz tom ma’noda legion quramiz: hech bo‘lmaganda, bu yil bitta legion robotlar ishlab chiqaramiz, keyin esa, ehtimol, kelasi yili o‘n legion”, dedi Ilon Mask.

Uning so‘zlariga ko‘ra, robotlar ishlab chiqarish Tesla uchun butunlay yangi yo‘nalish bo‘lib, kompaniya muqarrar ravishda xatolarga duch kelmoqda.

Biroq Mask bu robotlarni Tesla’ning eng istiqbolli aktivlaridan biri deb atagan va atrof-muhitni idrok qila oladigan va topshiriqlarni bajara oladigan intellektual odamsimon robotlarni ishlab chiqarish muhimligini ortiqcha baholash qiyin ekanini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida SpaceX kompaniyasi 20-30 yil ichida Marsda hech qanday Yer yordamisiz yashay oladigan sivilizatsiya yaratishni rejalashtirganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

armiya Ilon Mask Optimus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing