Ilon Mask xavfsizligi uchun yiliga millionlab dollar sarflaydi
Olam
−
14 Sentabr
6088Amerikalik milliarder Ilon Maskning shaxsiy xavfsizligi har yili millionlab dollarga tushadi. Bu haqda Tesla’ning ichki hujjatlariga tayanib, “The New York Times” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Mask muntazam ravishda suiqasd va ta’qiblar bilan yuzlashadi. Shu sababdan u shaxsiy qo‘riqchilar yollagan va uning qo‘riqchilari AQSH Maxfiy xizmatining kichikroq ekvivalentiga aylanishga ulgurgan.
Maskka yaqin manbalar u tez-tez bo‘ladigan tahdidlar tufayli ko‘proq izolyatsiyalangan turmush tarzida yashay boshlaganini ma’lum qilgan. Tadbirkor kamdan-kam hollarda, hatto X kompaniyasining hojatxonasiga borganida ham tansoqchilarsiz harakat qilmaydi.
Qayd etilishicha, ilgari Maskka faqat ikkita qo‘riqchi hamroh bo‘lgan. Bugungi kunda esa u 20 nafar xavfsizlik mutaxassisining xizmatidan foydalanmoqda. Qurollangan qo‘riqchilar Mask kirishi kerak bo‘lgan binolarni oldindan tekshiradi va turli yo‘llarni o‘rganadi. Shuningdek, uning xavfsizlik xodimlari milliarder tadbirkor sifatida emas, balki davlat rahbari kabi himoya qilinishini ta’kidlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, Ostindagi Tesla zavodi ochilganidan beri terroristik tahdid bilan bog‘liq sakkizta holat kuzatilgan va ulardan kamida ikkitasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Maskka qarshi uyushtirilgan.
LiveBarchasi