Ilon Mask kasbini o‘zgartirmoqchi
Olam
−
10 dekabr 2021
12018Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘z kasbini o‘zgartirib, blogerlik faoliyatini boshlash haqida bosh qotiryapti. Bu haqda milliarder bugun, 10 dekabr’ kuni o‘z Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
Ijtimoiy media platformasining taniqli foydalanuvchisi bo‘lgan Ilon Mask kasbini tark etishga jiddiy yondashayotgani aniq emas.
“Men ishimni tashlab, inflyuyenser bloger bo‘lish haqida o‘ylayapman. Siz qanday fikrdasiz?”, deb yozadi u.
Ushbu tvit ostida hozirgacha millionlab foydalanuvchiga ega blogerlar o‘z kanallarini reklama qilishda yordam so‘rab sharh qoldirishgan. Bundan tashqari, ba’zilar Maskdan “video o‘yinlar translyatsiyalarida ishtirok etishni xohlaysizmi”, deb so‘rashgan.
Ilon Mask Amerikaning Tesla va SpaceX kompaniyalariga rahbarlik qiladi. Tesla kompaniyasi dastlab faqat elektromobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lsa, keyinchalik quyosh panellari va boshqa energiya saqlash tizimlarini yaratish bilan ham shug‘ullana boshladi. Bundan tashqari, Mask kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi va orbital parvozlarni amalga oshiruvchi SpaceX kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.
“Forbes” milliarderlar reytingiga ko‘ra, 1 noyabr’ kuni Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oshgan birinchi odam bo‘ldi. Ayni damda uning boyligi 263 milliard dollar deb baholanmoqda.
Avvalroq ixtirochi milliarder Kaliforniya shtatining Xillsboro shahridagi hashamatli uyini 30 mln dollarga sotib, o‘zi uysiz qolgani haqida xabar bergan edik.
Barno Dusiyarova
LiveBarchasi