Milliarder Ilon Mask uysiz qoldi

Olam

image

Amerikalik milliarder Ilon Mask Kaliforniya shtatining Xillsboro shahridagi hashamatli uyini 30 mln dollarga sotib yubordi. 19 gektar maydonga ega saroy Maskning so‘nggi uyi edi.

Milliarder so‘nggi uyini o‘tgan yili 37,5 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgandi, ammo kuzda narx 31,99 mln dollarga tushgan.

Koshonada 7 ta yotoqxona, 10 ta hammom, oshxona, raqs zali, charm devorli kutubxona, 11 ta mashinaga mo‘ljallangan garaj va hovuz mavjud, deb xabar beradi “Mansion Global”. Mask qasrni 2017 yilda 23,4 million dollarga sotib olgan.

Uy Kaliforniyaga ko‘chib o‘tgan fransuz grafi Kristian de Guigne tomonidan 1912 yilda qurilgan.

Mask avvalroq qolgan barcha mulkni sotgan va Texasda SpaceX kompaniyasidan ijaraga olingan 37 kv. m. maydonli uyga ko‘chib o‘tgandi. Tadbirkor o‘zining bu qarorini unga Yerda ko‘chmas mulk kerak emasligini, chunki uni Marsdagi hayot ko‘proq qiziqtirayotgani bilan tushuntirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilom Mask

Baholaganlar

3338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar