Ilon Mask dunyo bo‘ylab yolg‘on tarqatadigan “jihoz” sotib oldi – Bayden

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 4 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Ilon Mask Twitter'ni xarid qilganiga munosabat bildirar ekan, milliarder butun dunyo bo‘ylab yolg‘on tarqatadigan ijtimoiy media platformasini sotib olganini aytdi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

“Hozirda hammamiz nimadan xavotirdamiz? Ilon Mask tashqariga chiqib, butun dunyo bo‘ylab yolg‘on tarqatadigan “jihoz” sotib oldi. Amerikada endi muharrirlar yo‘q. Yolg‘onni tahrirlaydigan muharirlar mavjud emas. Qanday qilib, biz bolalarimiz xavf ostida ekanligini tushunishlarini kutamiz?”, degan AQSH yetakchisi.

4 noyabr kuni Twitter o‘z xodimlarining yarmini ishdan bo‘shatdi. Ammo yolg‘on ma’lumotlar tarqalishining oldini olishga mas’ul bo‘lgan jamoadan qisqartirishlar kamroq bo‘ldi. Chunki reklama beruvchilar kontentni moderatsiya qilish bilan bog‘liq xavotirlar tufayli reklama xarajatlarini kamaytirishdi.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Baydenning yolg‘on xabar tarqatish haqidagi so‘zlari faqat Twitter'ga emas, balki yolg‘on xabar tarqatuvchi Facebook va boshqa shu kabi media platformalarga tegishli ekanligini urg‘ulagan.

Qayd etish kerakki, Ilon Mask Twitter'ni sotib olgach, so‘z erkinligini tiklashga va’da berdi. Shu bilan birga u Twitter foydalanuvchilarining hisoblari bloklanishining oldini oladi. Ammo, yirik reklama beruvchilar bir necha oy davomida Maskning Twitter'ni sotib olishidan xavotir bildirgandi.

Avvalroq, Ilon Mask Twitter'ga ayrim pullik xizmatlarni joriy qilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Ilon Mask

Baholaganlar

196

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing