Ilon Mask boylar reytingida Sukerbergni “quvib o‘tdi”

Olam

image

Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask "Bloomberg" talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy uchinchi odamiga aylandi. Natijada Mask Facebook asoschisi Mark Sukerbergni joyidan "haydadi". 

Qayd etilishicha, bugun, 19 noyabr holatiga ko‘ra, Maskning boyligi 120 milliard dollarga, Sukerbergning boyligi esa 103 milliard dollarga baholanmoqda. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla aksiyalarining 10 foizga o‘sgani sababli Maskning boyligi bir kunda 10,2 milliard dollarga ko‘paygan. 

Boyligi 183 milliard dollarga baholanuvchi Amazon asoschisi Jeff Bezos eng davlatmand odamlar reytingida karvonboshilik qilyapti. Undan keyingi o‘rinda Microsoft asoschisi Bill Geyts 128 milliard dollar boyligi bilan turibdi.

19 noyabr holatiga ko‘ra, "Forbes" global reytingida ham Mask (to‘rtinchi o‘rin, 105 milliard dollar) Sukerbergdan (beshinchi o‘rin, 99,9 milliard dollar) oshib ketgan

Avvalroq, SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi bortida to‘rt astronavt bilan Xalqaro kosmik stansiyaga yetib borgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing