Ilon Mask bor budini sotishni e’lon qildi
Olam
−
02 may 2020
15296Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask barcha mol-mulkini sotish haqida e’lon qildi. Tegishli xabar bugun, 2 may kuni Maskning Twitterʼdagi sahifasida joylashtirildi.
“Men deyarli barcha mol-mulkimni sotaman“, deb yozgan Tesla asoschisi.
Shuningdek, u uyi yo‘qligini haqida aytib o‘tgan. Ammo bu borada izoh yoki tafsilotlarini keltirmagan.
I am selling almost all physical possessions. Will own no house.
— Elon Musk (@elonmusk) May 1, 2020
Biznesmenning aytishicha, uning kompaniyasining aksiyalari juda yuqori narxga ega edi. U inqirozdan so‘ng Tesla qimmatli qog‘ozlari darhol 9,35 foizga tushib, 708,77 dollarga teng bo‘lib qolganini ma’lum qildi.
Avvalroq, Ilon Mask AQSHdagi karantinni tanqid qilib chiqqandi. Uning fikricha, karantin choralari biznesga katta zarar yetkazadi.
LiveBarchasi