Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganini ma’lum qildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Amerikalik tadbirkor, SpaceX asoschisi Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganini tan oldi. Bu haqda u "Saturday Night Live" musiqiy-hajviy dasturiga boshlovchilik qilayotganda ma’lum qilgan. 

Manbaga ko‘ra, 49 yoshli Mask sindromga chalinganini ommaga ilk bor ma’lum qilgan. 

"Mening nutqim turli xil intonatsiyalarda farq qilmaydi. Menga bu kulgili shoular uchun juda zo‘r ekanini aytishgan. Men ushbu dasturning Asperger sindromiga ega birinchi boshlovchisi bo‘lib tarixga kiraman", degan u. 

Asperger sindromidan aziyat chekuvchilar og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan signallarni talqin qilishda qiynaladi, ular uchun o‘z his-tuyg‘ularini an’anaviy tarzda ifoda etish qiyin, shuningdek, ularda ijtimoiy munosabatlarda muammolar mavjud. 

Ushbu sindromga chalingan ko‘plab odamlar keskin ravishda o‘ziga xos qiziqishlariga e’tibor qaratishlari, ko‘pincha ushbu sevimli mashg‘ulotlari doirasida muvaffaqiyatli karera yaratishlari ta’kidlangan. 

Asperger sindromiga chalingan ba’zi odamlar bu atamani ishlatmaslikni afzal ko‘radi va ular autizm spektri buzilganini aytadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

374

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing