Ilon Mask APL klubini sotib olishi mumkin

Sport

−

image

Amerikalik milliarder Ilon Mask Angliya Premer-ligasining tarixiy klublaridan biri – “Everton”ni sotib olish uchun ehtimoliy nomzod sifatida tilga olindi. Bu haqda “TEAMtalk” nashri xabar berdi.

“Everton”ning sobiq himoyachisi Maykl Boll Maskni Mersisayd klubini sotib olishga chaqirgan. Kecha, 9 oktyabr kuni u X ijtimoiy tarmog‘i orqali milliarderga murojaat qilib, uning “Liverpul”ga investitsiya kiritgan Jeff Bezos bilan raqobatga kirishishi mumkinligini ta’kidlagan.

Bu murojaat “Everton”ning amaldagi egalari – The Friedkin Group klub aksiyalarining nazorat paketini sotish imkoniyatini ham o‘z ichiga olgan yangi investitsiya variantlarini o‘rganayotganini tasdiqlaganidan keyin yangradi. Amerika kompaniyasi klubni 2024 yil dekabr oyida sotib olgan. Hozirda jarayonni boshqarish uchun Moelis & Company investitsiya banki jalb etilgan.

Liverpul futbol olamidagi so‘nggi o‘zgarishlar ham ushbu masalaga e’tiborni kuchaytirdi. 2026 yil avgust oyida Jeff Bezos ishtirokidagi konsorsium Fenway Sports Group kompaniyasidan “Liverpul” klubining 38 foiz ulushini sotib olgani xabar qilingandi. Maykl Bollning fikricha, Mask “Everton”ni sotib olish orqali shaharning asosiy raqibi bilan raqobatga kirishishi mumkin.

Biroq hozircha bu faqat ommaviy taklif bo‘lib qolmoqda. Ilon Maskning “Everton”ni sotib olishga qiziqish bildirgani yoki klub rahbariyati bilan muzokaralar olib borayotgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing