Ilon Mask 2 yil ichida Marsga beshta missiya yubormoqchi

Texnologiya

image

Amerikaning SpaceX kosmik kompaniyasi ikki yil ichida Marsga beshta uchuvchisiz missiya yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, ekipajlarsiz o‘zi boshqariladigan kosmik kema missiyasini jo‘natish muddati loyihalarning muvaffaqiyatiga bog‘liq. Agar ular muvaffaqiyatli yakunlansa, odamlar to‘rt yildan keyin o‘zi Marsga ucha oladi. Agarda muammolar kelib chiqsa, reja bir necha yilga kechiktiriladi.

Ma’lumot uchun, Mask Starship kompaniyasiga shu o‘n yil oxirida odamlarni va yuklarni Oyga jo‘natish va oxir-oqibat Marsga ucha oladigan katta, ko‘p maqsadli yangi avlod kosmik kemasini ishlab chiqarish maqsadini amalga oshirishga umid qilmoqda.

“NASA shu yil boshida Artemis-3 missiyasini va uning ichida SpaceX  Starship yordamida birinchi ekipajli Oyga qo‘nishni 2026 yilning sentyabriga qoldirdi. Ilgari bu 2025 yilning oxiriga rejalashtirilgan edi”, deydi NASA.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kosmosga chiqqan birinchi noprofessional astronavtlar Yerga qaytgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask missiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing