Ilmiy ish himoyasi uchun 10 ming dollar olgan universitet xodimi ushlandi
3-sahifa
−
02 mart 2023
8084Bir necha hududlarda korrupsiya va firibgarlik bilan shug‘ullangan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali mansabdori fuqaroni bo‘lim boshlig‘i lavozimiga qabul qilish va ilmiy ishini himoya qilishida yordam berishni va’da qilgan. U evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtda qo‘lga olingan.
Shuningdek, Farg‘onada tuman tibbiyot birlashmasi mansabdori fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan Toshkent shahrida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishini aytgan. U bu ishi evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.
Bundan tashqari, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligi yuristkonsulti firibgarlik yo‘li bilan mahalliy fermer xo‘jalik rahbaridan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
LiveBarchasi