Ilk odam Yevropaga Afrikadan kelib qolmagan
Olam
−
11 iyul 2019
5303Yaqin kunlarga qadar tarixiy faktlarga ko‘ra, zamonaviy odamlar bundan 45 ming yil muqaddam Yevropaga Afrikadan kelib qolgan deya taxmin qilinar edi.
Ammo bu qarashlarga zid o‘laroq, tadqiqotchilar tomonidan Gretsiyaning janubiy orollaridan biri hisoblangan Apidimadan 1970 yillarning oxirida topilgan inson qoldiqlarining yoshi 210 ming yillik tarixga teng deb hisoblamoqdalar.
Associated Press nashrining ma’lum qilishicha, Apidimadagi g‘orlardan topilgan odam bosh chanog‘ining fragmenti qadimgi Afrika hududida yashagan odamlarning yoshidan ulug‘roq.
Ularning fikricha, topilgan bosh chanoqlaridan biri 170 ming yil muqaddam yashagan neandertalga oid, ikkinchisi esa — aqlli odam (Homo sapiens)ga tegishli. Shuningdek, Gretsiyadan topilgan inson qoldiqlari o‘tgan yili Isroildan topilgan insonning ustki jag‘idan 16 ming yilga qadimiyroq ekanligi isbotlandi.
“Agar topilmaning yoshi tasdiqlansa, “Aqlli odam”larning Afrikadan Yevropaga kelib qolgan deya qilinadigan taxminlarning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi”, deya yozmoqda jahonga mashhur Nature jurnali.
LiveBarchasi