Ilk bor “Hizbulloh” va Isroil piyoda askarlari to‘qnashdi
Olam
−
02 Oktabr
15966“Hizbulloh” ilk bor Isroil armiyasining piyoda kuchlari bilan to‘qnashuvga kirishdi. Ushbu jang Isroilning Livanda yerusti ooperatsiyasini boshlashi bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakat janubidagi Odayscye qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Tasnim News” xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, bugun, 2 oktyabr kuni tongda “Hizbulloh” kuchlari Odayscye qishlog‘iga kirishga uringan Isroil piyoda kuchlari bilan to‘qnashgan va ularga talafot yetkazib, chekinishga majbur qilgan.
“Livan kuchlari mamlakat janubida Isroil piyoda kuchlari bilan to‘qnashdi. “Islomiy qarshilik” askarlari Isroilning dushman piyoda kuchlari bilan to‘qnashuvga kirishib, ularni Odayscye qishlog‘iga, Xallet al-Mahafar hududidan kirishga uringan paytda mag‘lubiyatga uchratib, ularni ortga chekinishga majbur qildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Livan janubidagi chegarada “Hizbulloh” harakatiga qarshi cheklangan yerusti reydlarini boshlagani haqida xabar bergan edi. Ushbu reydlarga 98-diviziya, desantchilar va Isroil armiyasining 7-brigadasi zirhli texnikasi jalb qilingan.
LiveBarchasi