Saylov boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar, tuman kengashlari deputatligiga saylovlar boshlandi. Ovoz berish soat 8:00 dan 20:00 gacha davom etadi.

Saylov respublika bo‘ylab 150 ta okrugda o‘tkazilyapti. Saylovda Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Liberal-demokratik partiyasi va Ekologik partiyadan 746 nafar nomzod Qonunchilik palatasidagi 150 o‘rin uchun o‘z nomzodini qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, dastavval nomzodlar soni 750 nafar edi, biroq 4 nafar nomzod o‘z xohishi bilan ro‘xatdan chiqarildi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazuvchi 150 ta saylov okruglari kesimida jami 21 millionga yaqin Saylov byulletenlari chop etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida e’lon qilingan saylovchilar soni 20 million 503 ming 462 nafarni tashkil etgan. Ulardan 10 million 147 ming 772 nafari erkak, 10 million 355 ming 690 nafari ayol saylovchilardir. Siyosiy jarayonlarda 2 million yosh o‘zining Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan siyosiy, ya’ni ovoz berish huquqidan birinchi marotaba foydalanadi.

Saylovchilarning 1 million 721 ming 358 nafari yoki 8,4 foizi xorijiy davlatlarda tuzilgan 55 saylov uchastkasiga biriktirilgan. Qolgan qismi respublikamiz hududidagi 10 ming 260 saylov uchastkasidan birida ovoz beradi.

Saylovda YeXHT DIIHBdan 231 nafar, YeXHT PAdan 66 nafar, SHHTdan 2 nafar, MDH va MDH PAdan 160 nafar, Turkiy tilli davlatlar hamdo‘stlik Kengashidan 5 nafar hamda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasidan 9 nafar, YeTTBdan 2 nafar, Xalqaro huquq bo‘yicha Gaaga konferensiyasidan 1 nafar, xorijiy davlatlar diplomatik missiyasidan 27 nafar, shuningdek xorijiy davlatlardan 267 nafar kuzatuvchilar qatnashyapti.

Saylov jarayonlarida ishtirok etish uchun 131 nafar xorijiy OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, chet ellarda O‘zbekiston fuqarolarini saylov huquqini ta’minlash maqsadida 38 ta davlatda 55 saylov uchastkasi tashkil etildi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, 2014 yilgi parlament saylovlari 35 ta davlatdagi 44 ta saylov uchastkasida o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

29

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing