Ilyos Zeytullayev “Bunyodkor” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

Ilyos Zeytullayev Toshkentning “Bunyodkor” klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsum klubning murabbiylar shtabida ish boshlagan Ilyos Zeytullayev “qaldirg‘ochlar” murabbiyiga aylandi. Shu kunlarda Belgiyada Pro litsenziyasi kurslarida tahsil olayotgan mutaxassis safar oldidan jamoa bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Zeytullayev boshchiligidagi “Bunyodkor” 30 ochko jamg‘arib, Superligani 10-o‘rinda yakunlagandi. Mutaxassis 2024 yilning aprel oyidan klub murabbiylar shtabida ish boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Bunyodkor Ilyos Zeytullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing