Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev joriy yilning 23-24 avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisning matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Sammit kun tartibidan O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar o‘rtasidagi kooperatsiyani chuqurlashtirish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadi, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash hamda qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Ayni kunlarda O‘zbekistonda ikki mamlakat hududlari forumi hamda boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing