Ilhom Aliyev Turkiya elchixonasiga borib, ta’ziya bildirdi
Olam
−
08 fevral 2023
2987Bugun, 8 fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasining poytaxt Bakudagi elchixonasiga tashrif buyurib, Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbarini Turkiyaning Ozarbayjondagi elchisi Jahit Bagji kutib oldi.
Prezident Ilhom Aliyev motam kitobiga qayd qoldirdi.
Keyin davlat rahbari elchi bilan suhbatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 8 fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Ostonadagi Turkiya elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga qayd qoldirgan edi.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 8 mingdan oshdi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi