Ilhom Aliyev saylovda g‘alaba qozondi

Olam

image

Kecha, 7 fevral kuni Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Ilhom Aliyev g‘olib deb e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panaxov ma’lum qildi.

U 93,3 foiz saylovchilarning ovozlari hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur natijalarni e’lon qilgan.

Unga ko‘ra, amaldagi rahbar Ilhom Aliyev 92,05 ovoz bilan mutlaq g‘alaba qozongan. Prezidentlikka o‘zini nomzod sifatida ko‘rsatgan Zohid O‘ruj 2,19 foiz, “Buyuk bunyodkorlik” partiyasidan Fozil Mustafo – 2 foiz, “Yaxlit Ozarbayjon Xalq fronti” partiyasidan Gudrat Hasanguliyev – 1,76 foiz, “Milliy front” partiyasidan Razi Nurullayev – 0,8 foiz, “Buyuk Ozarbayjon” partiyasidan Elshod Musayev – 0,66 foiz, o‘z nomzodini ilgari surgan Fuad Aliyev esa 0,53 foiz ovoz olgan.

Qayd etish joizki, sanab chiqilgan byulletenlar soni 4 mln 659 ming 967 nafarni tashkil etib, jami ovoz berganlar soni 4 mln 660 ming 25 nafarni tashkil qilgan va 6 ming 102 saylov uchastkasining ma’lumotlari allaqachon taqdim etilgan.

Aliyev 2003 yildan buyon mamlakatni boshqarib keladi. Baku Qorabog‘ ustidan nazoratni tiklaganidan keyin uning ozarbayjonlar orasidagi mashhurligi oshdi. Ozarbayjon Prezidenti yetti yilga saylanadi, muddatlar soni cheklanmagan. Bu Aliyevning beshinchi marta prezidentlikka saylanishi bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing