Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Turkiyaga bordi

Olam

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan bugun, 9 avgust kuni amaliy tashrif bilan Turkiyaga bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ilhom Aliyevga mamlakat birinchi xonimi – vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva hamrohlik qilyapti.  

Ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan Konya shahri aeroportida Ozarbayjon rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Prezident Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyevani Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Qassobo‘g‘li, Konya gubernatori Vahdettin O‘zkan va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan. 

Davlat rahbari aeroportdan Turkiyaning Konya shahrida o‘tkazilayotgan V Islom birdamlik o‘yinlari maydoniga borib, Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan sportchilar bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Mehribon Alieva

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing