Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoroga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoro shahriga bordi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib olgan.

Tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgan, milliy qo‘shiq va raqslar ijro etilgan.

Bugun yetakchilar qadimiy Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qiladi. Sanoat korxonalarining faoliyati bilan ham tanishish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Toshkentga kelgan edi. Tashrif doirasida Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yig‘ilishining qarorini imzoladi. Bundan tashqari,  Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarini ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing