Ilhom Aliyev Ozarbayjonda O‘zbekiston tomonidan qurilayotgan maktabga bordi 

Olam

image

Kecha, 5 may kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Birinchi xonim Mehribon Aliyeva O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqi nomidan Fuzuli shahridagi 960 o‘rinli maktab binosidagi qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyevaga maktabdagi qurilish ishlarining borishi haqida ma’lumot berilgan. O‘tgan yili boshlangan qurilish ishlarini joriy yilning dekabr oyida yakunlash rejalashtirilgani ma’lum bo‘lgan. 

Uch gektar maydonda qurilayotgan maktab binosi ikki qavat va yerto‘ladan iborat. Maktabda 40 ta o‘quv xonasi, 6 ta laboratoriya, 2 ta kompyuter xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, faollar zali, sport zali, oshxona, kutubxona tashkil etiladi. Maktab hududida futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish joylari, yugurish yo‘laklari, nazorat punkti, qozonxona, suv idishlari, transformator podstansiyasi quriladi. 

Manbada ta’kidlanishicha, ushbu maktabning qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanligidan dalolat beradi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ham O‘zbekistonning katta maktab qurish tashabbusini mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, do‘stlik va qardoshlikning navbatdagi qadami sifatida baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev Mehribon Alieva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing