Ilhom Aliyev Mehribon Aliyeva bilan O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar qildi. 

Tashrif joriy yilning 15-16 aprel kunlariga mo‘ljallangan. Ilhom Aliyevga mamlakat vitse-prezidenti – birinchi xonim Mehribon Aliyeva hamrohlik qilishi haqida ma’lumotlar mavjud. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar o‘tkaziladi. 

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Tashrifning ikkinchi kunida Ilhom Aliyev rafiqasi Mehribon Aliyeva bilan Samarqandni ziyorat qiladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev so‘nggi bor O‘zbekistonga 2010 yilning 27-28 sentyabr kunlari tashrif buyurgan edi. 

O‘zbekiston rahbarining Ozarbayjonga so‘nggi tashrifi esa 2011 yilning 11-12 sentyabr kunlariga to‘g‘ri kelgan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 15 oktyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining 7-sammitida ishtirok etish uchun Bakuga borgan edi. Sammit doirasida Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashib, uni O‘zbekistonga taklif qildi
 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev Mehribon Alieva

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing