Ilhom Aliyev Bakuga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 21 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ilhom Aliyev Toshkentga yetib keldi. Tashrif davomida Ko‘ksaroyda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Bundan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish va har tomonlama hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida deklaratsiya hamda ko‘plab boshqa hujjatlar imzolandi. Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti Xorazmda davom etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni aeroportda kuzatib qo‘yib, Toshkentga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

80

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing