Ikkovlon Botkenda: Japarov va Toshiyev mojaro nuqtasiga keldi

Olam

image
Tojik-qirg‘iz mojarosi: Rahmon chegaradagi uylarni tiklash uchun muhlat berdi north_east

Tojik-qirg‘iz mojarosi: Rahmon chegaradagi uylarni tiklash uchun muhlat berdi

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 6 may kuni Botken viloyatining tojiklar bilan to‘qnashuv oqibatida jabr ko‘rgan Laylak tumani Maksat qishlog‘iga bordi. Bu haqda mamlakat Prezidenti veb-saytida xabar berildi.

Davlat rahbari vayron qilingan maktab hududida mahalliy aholi bilan uchrashib, to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar haqqiga shaxsan duo o‘qigan.

“Bugundan boshlab Maksat va boshqa zarar ko‘rgan qishloqlarda qurilish va tiklash ishlari boshlanadi, buzilgan uylar o‘rniga yangi zamonaviy turar joylar barpo etiladi”, deydi Japarov.

Xabarga ko‘ra, qurilish ishlari ikki oy ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Sadir Japarov tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Botken viloyatiga jo‘nab ketgan ko‘chma klinika haqida xabar bergan. 

“Donorlik loyihasi tufayli mobil klinikalar navbatma-navbat 5 yil davomida mamlakatimizning barcha hududlariga tashrif buyuradi hamda baland tog‘li va chekka hududlarda yashovchilarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadi”, deyiladi bayonotda. 

Shu bilan birga, Qirg‘iziston Prezidenti yaqin kelajakda Botken viloyatiga alohida maqom berilishi, halok bo‘lganlarning oilalariga 1 million som miqdorida tovon puli to‘lanishi va jabrlangan tadbirkorlarga ham yordam ko‘rsatilishini ta’kidlagan.

Prezident Sadir Japarov mahalliy aholi bilan uchrashuvda asosan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayoni, pensiya va nafaqalar, yo‘qolgan hujjatlarni hamda yo‘llarni tiklash bo‘yicha savollarga javob bergan.

Mahalliy aholi bilan uchrashuvdan so‘ng, tegishli davlat va mahalliy hokimiyat organlariga bir qator aniq ko‘rsatmalar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing