Ikkita nufuzli universitet rektorlari vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistondagi ikkita nufuzli universitetning rektorlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda siyosiy fanlar nomzodi Komiljon Hamidovich Karimov vazirning birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori Rahim Rasuljonovich Hakimov vazirning fan va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Komiljon Karimov mazkur tayinlovga qadar 2020 yilning 17 sentyabridan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida, Rahim Hakimov esa 2020 yilning 28 mayidan Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Murodullo Xolmuhamedov joriy yilning 8 iyun kuni lavozimidan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing