Ikkinchi to‘lqinni qanday bilish mumkin? Mutaxassis javob berdi 

Olam

image

Koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqini kasallanganlar sonining sog‘ayganlar soniga nisbati asosida baholanadi. Bu haqda Oliy iqtisodiyot maktabi Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti instituti direktori Larisa Popovich ma’lum qildi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, kuzda kasallanish holatlarining ko‘payotganini "ikkinchi to‘lqin" deb atab bo‘lmaydi. Chunki "to‘lqin boshlanishining rasmiy belgilari yo‘q, o‘tgan va yangi davr o‘rtasida shunchaki farq bor, xolos". 

Popovich, shuningdek, mintaqalarning har biri o‘zlaridagi kasallanish va sog‘ayishlar soni bilan vaziyatni baholashi kerakligini ta’kidladi. 
Misol tariqasida Rossiyani keltirib, mamlakatda birinchi to‘lqin hali tugamaganini, vaziyat bir joyda yaxshilansa, boshqa joyda yomonlashayotganini aytdi. 

Ma’lumot uchun, 25 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 181 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 50 441 nafari sog‘aygan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing