Ikkinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga qancha pul yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 mlrd 13 mln AQSH dollari o‘tkazildi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyida Rossiyadan xorijga so‘nggi ikki yillikdagi rekord darajadagi transchegaraviy pul o‘tkazmasi amalga oshirilgan.

Ikkinchi chorakda Rossiyadan Qirg‘izistonga 356 mln dollar, Tojikistonga 322 mln dollar, Armanistonga 183 mln dollar, Ozarbayjonga 159 mln dollar, Gruziyaga 87 mln dollar, Ukrainaga 86 mln dollar, Moldovaga 74 mln dollar, Qozog‘istonga 72 mln dollar va Belarusga 52 mln dollar jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi yakuniga ko‘ra, yil boshidan beri O‘zbekistonga xorijdan 3 mlrd dollar o‘tkazilgandi. Bu o‘tgan yilning mos davrida nisbatan 217 mln dollarga yoki 7 foizga kam edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya pul o'tkazmasi

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing