Ikki jurnalist Belarusdagi “Nafaqaxo‘rlar marshida” hibsga olindi
Olam
−
07 dekabr 2020
2362Polshaning “Belsat” telekanalining ikki jurnalisti Minskda o‘tkazilayotgan “Nafaqaxo‘rlar marshi” nomli ruxsat berilmagan mitingda hibsga olingan. Bu haqda telekanalning Telegram kanali xabar bermoqda.
“Belsat” jurnalisti Lyubov Luneva va operator Ivan Kurakevich nafaqaxo‘rlar marshida hibsga olingan”, deyiladi “Belsat” Telegram kanalidagi xabarda.
Keyinchalik, telekanal o‘z xodimlarining Minsk politsiya bo‘limlaridan birida ekanini aniqlagan. Ma’lum bo‘lishicha, ular Okrestin ko‘chasidagi vaqtinchalik saqlash hibsxonasida ro‘yxatga olingan.
Avvalroq muxolifat Telegram kanallari “nafaqaxo‘rlar marshi”ning potensial ishtirokchilarini Minskdagi Yakub Kolas maydoniga yig‘ilishga va u yerdan markaziy xiyobon – Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab yurishga chaqirgan edi. Belgilangan vaqtga qadar bir necha o‘nlab odamlar maydonga yig‘ildi, ammo Belarus xavfsizlik kuchlari ularning maydondan chiqish yo‘llarini to‘sib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Minskda 16 noyabrdan beri “Nafaqaxo‘rlar yurishi” deb nomlangan norozilik namoyishi an’anaviy ravishda har dushanba kuni Minskning markaziy Mustaqillik xiyoboni bo‘ylab o‘tkazib kelinmoqda.
LiveBarchasi