Ikki yilda necha kishi “tez yordam” kechikishi sababli o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

So‘nggi ikki yilda tez yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmasligi oqibatida 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva beshinchi yalpi majlisda aytib o‘tdi.

Norboyevaning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yo‘l bermaslik bilan bog‘liq 700 dan ziyod holat aniqlangan. Aslida har qanday holatda ham ularga yo‘l berish kerak.

“Biroq ularni o‘tkazib yuboraman, deb boshqa haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolmoqda.

Ya’ni o‘tkazib yuboraman deb qoida buzsa ham jarima to‘laydi, qoida buzmay deb ularga yo‘l bermasa ham jarima to‘laydi. Bu kabi holatlarga chek qo‘yish uchun ham “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish  to‘g‘risida”gi Qonun juda muhim.

O‘z o‘rnida shuni ham alohida ta’kidlashimiz lozimki, Qonun qabul qilish muammoni hal qilishning bir qismi, xolos”, deydi Senat raisi.

Ta’kidlanishicha, yo‘llardagi tartib-intizomga faqatgina qoidabuzarlikni qayd etib, jarima undirish bilan erishib bo‘lmaydi.

“Bugun Qonun chiqsa, ertadan boshlab haydovchilarni jazoga tortish kerakmas. Avvalo, tushuntirish, o‘rgatish, ogohlantirish kerak”, dedi Norboyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Senat yalpi majlis

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing