Ikki yilda 25 nafar ayolni o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Bugun, 1 dekabr kuni Qozon shahrida 25 nafar ayolni o‘ldirishda gumondor 38 yoshli Radik Tagirov ismli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda "KazanFirst" xabar bergan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak o‘zining birinchi qotilligini 2011 yilda amalga oshirgan. 

Uning qurbonlari orasida Volga mintaqasi aholisi ham bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, Tagirov 25 nafardan 32 nafargacha ayolni o‘ldirgan bo‘lishi mumkin. U barcha qotilliklarini 2011-2012 yillarda sodir etgan. 

Erkak o‘z qurbonlarini bir xil sxema bo‘yicha o‘ldirgan: u elektr xodimi, chilangar yoki ijtimoiy xavfsizlik xodimi niqobi ostida yolg‘iz ayollarning xonadonlariga kirgan. Shundan so‘ng u ayollarga hujum qilib o‘ldirgan. 

Manbaga ko‘ra, Tagirov o‘z aybiga iqror bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing