Ikki yashar o‘g‘lini Termizga keltirib sotgan ota ushlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashaydigan Zulayho Shodiyeva (ism-shariflar o‘zgartirildi) viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etib, Denov tumanida yashovchi 28 yoshdagi Po‘lat Choriyev ikki yoshdagi farzandini 50 million so‘mga sotmoqchi ekanini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tadbir chog‘ida Termiz shahridagi “Malika” restoranida P.Choriyev voyaga yetmagan farzandini Z.Shodiyevaga 2 ming 500 dollar va 24 million 250 ming so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ayni paytda Po‘lat Choriyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi

Baholaganlar

355

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing