Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 1–5 fevral kunlari O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1–5 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi mumkin.

Xususan: 

- Toshkent viloyati – Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari)da; 

- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chishi ehtimoli mavjud.

Eslatib o‘tamiz, uzoq vaqt davom etgan zaharli havodan so‘ng, Toshkent havosi toza shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan O'zbekiston Toshkent viloyati ko'chki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing