Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
31 yanvar 2024
5841Joriy yilning 1–5 fevral kunlari O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 1–5 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi mumkin.
Xususan:
- Toshkent viloyati – Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari)da;
- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chishi ehtimoli mavjud.
Eslatib o‘tamiz, uzoq vaqt davom etgan zaharli havodan so‘ng, Toshkent havosi toza shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

Volodin Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi
31269
14 mart

Pichoqbozlik va YTHning yulduzli qurbonlari
23242
13 mart