Navbatdagi “samosud”: Ikki o‘smir ayovsiz kaltaklandi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019
11599Bugun, 13 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smirlarni haqorat qilib, ularning tanalarining turli joylariga qo‘l bilan urib oyoqlari bilan tepayotgani tasvirlangan video keng tarqaldi. Videoga izohda o‘smirlar “samosud” qilingani aytiladi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur videoga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasida bugungi kunga qadar Ichki ishlar organlari Navbatchilik qismlariga videoda tasvirlangan holatlar yuzasidan xech kim murojaat qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
“Aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘rish va qonuniylikni ta’minlash maqsadida, Sizdan videoda tasvirlangan holat yuzasidan asosli ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Telegram orqali @muloqot_maydoni manzili yoki 71 231 34 28 raqami orqali habardor qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarida.
Vazirlik xabar bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanishi kafolatlashini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi