Ikki tuman aholisiga ajratilgan ko‘mirni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning 19 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ko‘mir omboridan ko‘p miqdorda ko‘mir o‘g‘irlagani aniqlandi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shaxrida yashovchi, Oltiariq ko‘mir omborida tarozibon bo‘lib ishlovchi, 1970 y.t. I.M. Oltariq ko‘mir omboridan, Uchko‘pirik tumani, Kattaqashqar qishlog‘ida yashovchi, 1990 y.t. M.N.ga tegishli HOWO rusumli yuk mashinasiga yuklab hech qanday xujjatlarsiz Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, Raxmatyodgor MFY xududiga borib to‘xtaganda aniqlanib ushlangan.

Mazkur ko‘mir Oltiariq va Rishton tumani aholisi uchun tarqatilishi kerak bo‘lgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, I.M. Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani, “Soybo‘yi” MFY, Istiqlol ko‘chasida yashovchi, 1998 y.t. Q.A.ga ushbu 22 tonna 320 kg ko‘mir maxsulotini kelgusida o‘z extiyojlari uchun ishlatishlik maqsadida 1 kgni 303 so‘mdan jami 6 mln 762 960 so‘m evaziga sotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ko'mir

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing