Ikki shaharda ommaviy qotillik. Qurbonlar soni 30 ga yaqin

Olam

image

AQSHda bir kunda ikkita otishma yuz berdi va unda o‘nlab insonlar halok bo‘ldi. Otishma mamlakatning Texas va Ogayo shtatlarida sodir bo‘ldi.

Texas shtatining El-Paso shahridagi Walmart supermarketida yuz bergan otishma natijasida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi.  26 kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizildi. Ularning ko‘pi og‘ir ahvolda ekani aytildi.

Otishmani uyushtirgan 21 yoshli yigit qo‘lga olindi. U mazkur jinoyatga qo‘l urishdan oldin ijtimoiy armoqlarda joriy yilning mart oyida Yangi Zelandiyada juma namozi vaqtida musulmonlarni ommaviy o‘ldirgan Breton Xarris bilan birdamligini bildirgan. 

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishi hisbga olingan. Otishma Cielo Vista savdo markazi hududidagi Walmart supermarketida yuz bergan.

Ikkinchi otishma Ogayo shtatidagi Deyton shahrida yuz bergan. Noma’lum shaxs shahardagi barlardan birining chiqishida odamlarni o‘qqa tutgan. Otishmani ikki kishi uyushtirgani va voqeada 9 kishi halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing