Ikki Nexia to‘qnashuvi. Ulardan biri ag‘anab ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 20 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatida ikkita Nexia rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Buning oqibatida ulardan biri ag‘darilib ketgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea 08:30 da viloyatning Shahrisabz tumani hududidan o‘tuvchi 4R-307 avtomobil yo‘lining 8-kilometrida sodir bo‘lgan. 1973 yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi Nexia rusumli hamda 1957 yilda tug‘ilgan haydovchi A.G. boshqaruvidagi yana bir Nexia rusumli avtomobil ishtirokida tuqnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda, haydovchi A.G. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur YTH yuzasidan Shahrisabz tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyi boshida Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida Nexia avtomobillari boshqaruvni yo‘qotib, ag‘anab ketgan. O‘shanda mashinalardan birining haydovchisi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing