Ikki nafar sudya jazolandi
Jamiyat
−
14 may 2022
6149Bugun, 14 may kuni mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun sud raisi va sudya intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi J. G‘aybullayev va Buxoro viloyat sudining raisi L. Qodirov intizomiy jazoga tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan mas’uliyatsizligi va yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 12 nafar sudya intizomiy jazoga tortilgandi, ikki nafar sudyaning vakolati esa muddatidan ilgari tugatilgandi.
LiveBarchasi