Ixtiyoriydan majburiyga: Turkiyada 20 yoshga to‘lmaganlar ko‘chaga chiqishi taqiqlandi

Olam

image

Kecha, 3 aprel kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an millatga murojaat qildi va mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi yangi choralarni e’lon qildi.

“Eng muhimi — izolyatsiya, lekin biz bunga rioya qilmaslik holatlariga duch kelyapmiz. Shu sababli ixtiyoriy izolyatsiyadan majburiyga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Yarimtundan boshlab 15 kunga o‘pka kasalliklari keng tarqalgan 30 ta shahar va Zonguldak viloyatiga avtotransportlarning kirish-chiqishi taqiqlanadi. 20 yoshdan kichiklar uchun komendantlik soati joriy qilinadi. Odamlar to‘planadigan joylarda, jumladan supermarketlar, bozorlar va ish joylarida niqob taqish shart”, dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Prezident ijtimoiy masofani saqlash muhimligini eslatgan hamda kimda-kim o‘rnatilgan tartiblarga amal qilmasa, jarimaga tortilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Turkiyada yangi koronavirus ilk bor 10 mart kuni qayd etilgandi. Hozirga kelib mamlakatda 20 921 kishida koronavirus aniqlandi, ularning 425 nafari vafot etdi va 484 nafari davolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing