Iqtisodiyot vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 14 avgustdagi qarori bilan G‘anisher Abdukarimovich Mamatqulov Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiyot tayinlov

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing