Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

2023 yil noyabr oyida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

“Tashkilotning navbatdagi sammitini joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazishga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Uchrashuvda bo‘lajak tadbir kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlangan.

Uchrashuv yakunida Bosh kotib Xusrav Noziriy Tashkilot kotibiyati Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti – a’zo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va texnikaviy hamkorligi bo‘yicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilotdir. U 1964 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” nomi bilan tuzilgan. 

Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun o‘z faoliyatini to‘xtatgan. 1985 yilda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti” nomi bilan qaytadan o‘z faoliyatini boshladi. 1992 yilning 28 noyabirida Islomobod shahrida a’zo davlatlar Tashki ishlar vazirlari kengashining favqulodda yig‘lishida Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekistan, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlari IHTga a’zo bo‘lgan. 

Tashkilotning asosiy maqsadlari: 

•  tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish; 
•  har bir a’zo davlatda iqtisodiy o‘sish va aholining turmush darajasini ko‘tarish uchun shartsharo-itlar yaratish; 
•  a’zo davlatlarning ma’naviy va madaniy alokalarini kuchaytirish va boshqalardir.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing