IIVda o‘zgarishlar: YHXBB boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparati va hududiy tuzilmalarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Quyidagilar lavozimlarga tayinlandi:

Polkovnik Jamshid Abduhakimovich Karimov Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – Yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jamshid Karimov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Ravshan Ozodbekovich Yunusmetov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ravshan Yunusmetov Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Ruslan Borisovich Zabirov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ruslan Zabirov Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, axborot-tahlil bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Ulug‘bek Ismatovich Musayev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Ulug‘bek Musayev Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish bo‘limi 17-son jazoni ijro etish koloniyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Muzaffar Maxamatgaziyevich Saydazimov Toshkent shahar, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Muzaffar Saydazimov Toshkent shahar, Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov YHXBB

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing