IIVda tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi:

Podpolkovnik Usmanjan Tengelovich Sitmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Usmanjan Sitmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Shohruhbek Xolmuhamedovich Nazirov Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Shohruhbek Nazirov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Otabek Kamoliddinovich Jabborov Namangan viloyati Chortoq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Otabek Jabborov Namangan viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Xondamir Allayorovich Umarov Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Xondamir Umarov Samarqand viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati bataloni komandiri o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Rustamjon Turayevich Xayitov Farg‘ona viloyati Buvayda tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Rustamjon Xayitov Farg‘ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIV tayinlov

Baholaganlar

319

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing