IIVda tayinlov: besh boshqarma rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida navbatdagi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Quyidagilar rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:

Polkovnik Rustam Amirovich Sayfulov – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Jamshid Baxtiyorovich Zokirov – Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

Podpolkovnik Ahrorjon Xalimjonovich Adxamov – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

Podpolkovnik O‘tkir Karimovich Badalov – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

Podpolkovnik Farrux Salamovich Toirov – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made