IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Sherzod Shokirovich Ibrohimov O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Bunyod Madirimovich Rajabov O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Bunyod Rajabov Xorazm viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing